Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Xalqaro fakulteti qardosh turkman, qozoq, qoraqalpoq millatiga mansub talabalar bilan birga uzoq Yevropa va Janubiy Osiyolik talabalar ham tahsil olmoqda.
Hindiston, Pokiston, Iordaniya, Rossiya hattoki AQSHdan ham talabalar institutda tahsil olishmoqda.
Bugun Xalqaro tibbiyot fakulteti talabalari ishtirokida «Xalqaro do’stlik» tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari prorektori Zubayda Bahranova o’quv yili davomidagi turli tadbirlarda faol bo’lgan talaba yoshl;arni institut tashakkurnomasi bilan taqdirladi.