admin

About admin

This author admin has created 202 entries.

Chegarasiz hamdōstlik

Kecha O’zbekiston Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti olimlari tomonidan tashkil etilgan, Fanlar akademiyasining 80 yilligi, akademik Tamara Aripovaning 70 yilligiga baĝishlangan Orfan kasalliklarini davolash va diagnostikasi bōyicha ikkinchi Yevroosiyo forumi Chegarasiz hamdōstlik «InterContinental» mehmonxonasida ōz ishini boshladi. Mazkur xalqaro tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev hamda professor-o’qituvchilar Nekqadam Nuraliyev, Ma’mur Abdurahmonov hamda Nigina Hikmatova ishtirok etishdi.

Institutda hindistonlik talabalar o’z bayramini nishonlashdi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 10dan ortiq xorijiy davlatlardan talabalar kelib tahsil olishmoqda. Ayniqsa mingdan ortiq hindistonlik yoshlar Buxoroga kelib tahsil olayotgani ham oliygohning xalaqro darajadagio o’rnini mustahkamlashga hissa qo’shib kelmoqda. Hind millatiga mansub yoshlar o’zlarining qadimiy go’zal an’analari, milliy bayram va marosimlarini mamlakatimizda ham o’tkazib kelishadi.Kuni kecha ular o’zlarining qadimiy bayrami – Maha Navami bayramini nishonlashdi. Bu marosim shuningdek, Durga Navami deb ham ataladi.Janubiy Hindistondagi shtatlarda Maha Navami Ayudha Puja yoki Astra Puja sifatida ham

“Zakovat”

Buxoro davlat tibbiyot instituti turkiya tibbiyot fakulteti talabalari yoshlar o’rtasida o’tkazilgan “Zakovat” intellektual o’yinlarda faol ishtirok etdilar. Yoshlar masalalari ma’naviyat va ma’rifat ishlari.

Ichki turizmni oshirish

Buxoro davlat tibbiyot instituti Xalqaro fakulteti 3-kurs SPB GPMU-21 guruh talabalari bilan birgalikda ichki turizmni oshirish maqsadida Warnet bog’iga tashrif uyushtirildi.

«Yashil makon»

Buxoro shahrimizda viloyat hokimi boshchiligida, shuningdek turli tashkilot rahbarlari, xodimlari birgalikda viloyatimiz bo‘ylab 🌿 «Yashil makon» aksiyasi doirasida turli xildagi manzarali va mevali daraxtlar ko‘chatlari o‘tkazildi. Mazkur eko aksiyada institutimiz rektori Sh.J.Teshayev, yoshlar ittifoqi yetakchisi B.Murodov, Yoshlar Kengashi faollari hamda ko‘ngilli eko volontyorlar faol ishtirok etib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Yashil makon

🖊Bugun Buxoro shahrimizda viloyat hokimi boshchiligida, shuningdek turli tashkilot rahbarlari, xodimlari birgalikda viloyatimiz bo‘ylab 🌿 «Yashil makon» aksiyasi doirasida turli xildagi manzarali va mevali daraxtlar ko‘chatlari o‘tkazildi. #️⃣Mazkur eko aksiyada institutimiz rektori Sh.J.Teshayev, yoshlar ittifoqi yetakchisi B.Murodov, Yoshlar Kengashi faollari hamda ko‘ngilli eko volontyorlar faol ishtirok etib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Italiyalik mehmonlar tashrifi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Italiyaning Milan shahridagi Vita-Salute San Raffaello universiteti professori taniqli ortoped olim doktor Alberto Belluati va uning jamoasi tashrif buuyurdi. Ta’kidlash joizki, mazkur universitet QS reytingida dunyoda 598-o’rinni band etgan bo’lib, tibbiy biologiya bo’yicha yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri sanaladi. Italiyalik mehmonlar institut rektori professor Shuhrat Teshayev hamrohligida axborot resurs markazi, Sumulyasiya markazi hamda zamonaviy klinikaning imkoniyatlari bilan tanishishdi.Institut rahbariyati ayni paytda mehmonlar bilan kelgusida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masaдalarini muhokama

Oliy Majlis deputati institutga keldi

Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan «Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning dolzarb muammolari: hududlarda qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir yurak-qon tomir patologiyalarida yordam ko‘rsatish masalalari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi nufuzli mehmonlar ishtirok etmoqda. Mazkur anjuman ishtirokchisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi, deputat Borisova Yelena Mixaylovna institutga tashrif buyurdi. Mehmonni institut rektori Shuhrat Teshayev, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati, prorektorlar kutib olib, institutning axborot resurs markazi, Simulyasiya markazi hamda zamonaviy klinika bilan tanishtirishdi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida «Qizlar-millat tayanchi» mavzusidagi «Qizlar ovozi forumi» tadbiri o’z nihoyasiga yetdi.

11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan na’munali xulqi, ilmga chanqoqligi jamoat ishlarida faolligi hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish yo’lidagi o’zining alohida tashabbuskorligi va fidoiyligi uchun bir guruh talaba qizlar institut tashakkurnomasi hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi. Tadbirni yuqori darajada tashkil etilganligi uchun Manaviyat – ma’rifat markazi Qizlarjon kutubxonasiga kitoblar to’plamini sovg’a qilishdi.

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X