Jamoat fondi tomonidan joriy yilning 30 yanvar kuni soat 17:00 da Xitoy Xalq Respublikasining Northwest universiteti doktoranti, vatandoshimiz B.Yusufov bilan Zoom elektron platformasi orqali “Kambag‘allikni qisqartirishda Xitoy tajribasi” mavzusida vebinar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan navbatdagi talabalar olimpiadasi “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan uchinchi Renessansgacha” deb nomlandi. Mazkur olimpiadada Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, mamlakatimizdagi davlat hamda nodavlat tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan 200 dan ortiq talaba an’anaviy tarzda ishtirok etdi.
Yaxshidan bog’ qoladi, degan umrboqiy xalq naqli bor. Darhaqiqat, inson yangi bino rostlar ekan, tabiiyki bir dona bo’lsa ham umrboqiylikka daxldor bo’lish uchun ko’chat ekadi. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Matluba Sanoyeva tashabbusi bilan Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida institut hududiga 50 tup daraxt ko’chatlari o’tkazildi.
Ayni paytda BAAning Abu-Dabi universitetida 2023 UI GreenMetric World University Rankings Results and Awards bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir BAA bag‘rikenglik va tinch-totuv yashash masalalari bo‘yicha vaziri Shayx Nahayon bin Muborak Ol Nahayon nutqi bilan ochildi. Ta’kidlash joizki, mazkur reytingdan joy olgan Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Buxoro davlat universiteti bugun tashkilotchilar tomonidan taqdirlanadi. Tadbirda institut rektori Shuhrat Teshaev va BuxDU rektori Obidjon Hamidov ham ishtirok etmoqda. UI GreenMetric World University Ranking nima? Indoneziya universiteti (UI) 2010 yilda kampus barqarorligi sa’y-harakatlarini o‘lchash uchun UI GreenMetric
Yaqinda Indoneziyaning “UI Green Metric World University Ranking” xalqaro reyting agentligi tomonidan butun dunyo oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha joriy yil reyting natijalari e’lon qilindi. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti “UI Green Metric World University Ranking” nufuzli reytingida TOP-1000 ta oliy ta’lim muassasalari qatorida barqaror rivojlanayotgan oliygoh sifatida e’tirof etildi va dunyo universitetlari ichida 911-o‘rinni egalladi. Bu mamlakatimizdagi tibbiyot universitetlari ichida 1-o‘rin hisoblanadi. Shu bilan birga «eng faol institut» nominatsiyada ham BuxDTI munosib e’tirof etildi. Bunda asosan institutning sifatli
26-28-oktyabr kunlari buyuk mutaffakir va alloma dunyoga «Avitsenna» nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Ali ibn Sino faoliyatiga bag‘ishlangan «Abu Ali ibn Sino va sivilizatsiya» mavzusidagi XII Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari-ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Nufuzli anjumanda qatnashish uchun 12 ta davlatdan kelgan 60 ga yaqin olimlar, xalqaro ekspertlar, doktorantlar bir so‘z bilan aytganda ilm ahli ayni damda buyuk zakiy tug‘ilib o‘sgan yurt Buxoro shahriga yetib kelishdi. Ayni damda Xalqaro tadbir ishtirokchilari Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.
Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 11-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berilib, mamlakatimizda 25 oktabrdan 1-dekabrgacha 85 million ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Umummilliy harakatga aylangan ushbu xayirli tadbirlarda Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari ham faol qatnashib, o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Bu yil ham, o‘tgan yildan farqli o‘laroq yanada kattaroq ulush qo‘shish maqsadida institut jamoasi kengroq hajmda daraxt va buta ko‘chatlari ekish mo‘ljallandi. Xususan, bugun rektor Shuxrat Teshayev boshchiligida institut xodimlari ishtirokida oliygoh maydonlarida
Ayni paytda institutda o’tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida yurtimizda mehmon bo’lib turgan qator xorijiy tashkilotlar bilan hamkor shartnomalari imzolanmoqda. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Baxcheshexir universiteti bilan memorandum imzolandi. Hamkorlikka ko’ra, talabalar almashinuvi, professor o’qituvchilar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar va o’quv jarayonlaridagi almashuvlarni joriy qilish; Ikki muassasa o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, qo’shma ta’lim dasturlar to’g’risida shartnomalar asosida memorandum imzolandi.
Kecha O’zbekiston Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti olimlari tomonidan tashkil etilgan, Fanlar akademiyasining 80 yilligi, akademik Tamara Aripovaning 70 yilligiga baĝishlangan Orfan kasalliklarini davolash va diagnostikasi bōyicha ikkinchi Yevroosiyo forumi Chegarasiz hamdōstlik «InterContinental» mehmonxonasida ōz ishini boshladi. Mazkur xalqaro tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev hamda professor-o’qituvchilar Nekqadam Nuraliyev, Ma’mur Abdurahmonov hamda Nigina Hikmatova ishtirok etishdi.









