Yearly Archives: 2024

YASHIL MAKON

🔷Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti hududida «Yashil makon» marafoni tashkil etildi. Marafonda institut tyutorlari, koordinatorlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.

“Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari davom etmoqda!

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti xodimlari va faollari bugun “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida tashkil etilgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishmoqda. Hashar davomida institut hududi va uning atrofidagi ko‘chalar obodonlashtirilib, ko‘kalamlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Hashar ishtirokchilari birgalikda ko‘chalarni toza, obod va yashil hududga aylantirish uchun jonbozlik ko‘rsatishdi. Chiqindilardan tozalash ishlari ham muvaffaqiyatli olib borildi, bu esa nafaqat atrof-muhitni yaxshilash, balki jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga xizmat qildi.

5-iyun butun jahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni

Har yili 5-iyunda oʻtkaziladigan Atrof muhit kuni butun jahon jamiyati eʼtiborini atrof muhitni muhofaza masalalariga jalb qilishdan iborat. Mazkur bayram 1972-yil 5-iyunda Atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha Stokgolmda oʻtkazilgan konferensiyaning rezolyutsiyasiga asosan qabul qilindi. 1974-yildan boshlab esa eng dolzarb ekologik masalalarni hal etish uchun hukumat, biznes-tuzilma hamda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan va birlashtirgan holda keng tashkil etib kelinadi.Ushbu sana nafaqat ona-yer tuhfalarini qadrlash, yerimizda mavjud bo‘lgan boy biologik xilma-xillikni asrash kunidir. Ushbu kunda biz barchamiz ona-yerimizni qanday qilib muhofaza qilishimiz,

“Yer yoshlar kelajagi”

22-aprel “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Buxoro davlat instituti tyutorlar boshchiligida talaba-yoshlarni ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish maqsadda “Yer yoshlar kelajagi” shiori ostida tadbir oʻtkazildi. Tadbir Buxoro “Somoniylar” istirohat bog’ida institut talabalari bilan keng ko’lamda olib borildi. Buxoro davlat tibbiyot instituti Biotibbiyot fakulteti talabalari 22-aprel «Xalqaro yer kuni» munosabati bilan Somoniylar boģida òtkazilgan tadbirda faol ishtirok etishdi.

Kambag‘allikni qisqartirishda Xitoy tajribasi

Jamoat fondi tomonidan joriy yilning 30 yanvar kuni soat 17:00 da Xitoy Xalq Respublikasining Northwest universiteti doktoranti, vatandoshimiz B.Yusufov bilan Zoom elektron platformasi orqali “Kambag‘allikni qisqartirishda Xitoy tajribasi” mavzusida vebinar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Buxoroda tibbiyot oliygohlari talabalarining IV xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi

Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan navbatdagi talabalar olimpiadasi “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan uchinchi Renessansgacha” deb nomlandi. Mazkur olimpiadada Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, mamlakatimizdagi davlat hamda nodavlat tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan 200 dan ortiq talaba an’anaviy tarzda ishtirok etdi.

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X