5-iyun butun jahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni

Har yili 5-iyunda oʻtkaziladigan Atrof muhit kuni butun jahon jamiyati eʼtiborini atrof muhitni muhofaza masalalariga jalb qilishdan iborat.

Mazkur bayram 1972-yil 5-iyunda Atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha Stokgolmda oʻtkazilgan konferensiyaning rezolyutsiyasiga asosan qabul qilindi. 1974-yildan boshlab esa eng dolzarb ekologik masalalarni hal etish uchun hukumat, biznes-tuzilma hamda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan va birlashtirgan holda keng tashkil etib kelinadi.Ushbu sana nafaqat ona-yer tuhfalarini qadrlash, yerimizda mavjud bo‘lgan boy biologik xilma-xillikni asrash kunidir. Ushbu kunda biz barchamiz ona-yerimizni qanday qilib muhofaza qilishimiz, uning tabiatini qanday asrashimiz, hozirda dolzarb bo‘lib qolgan ekologik muammolarni qanday yechishimiz mumkinligi to‘g‘risida chuqur o‘ylashimiz, yer-sharimizni yanada go‘zalroq, sog‘lomroq qilish yo‘llarini izlashimiz lozimdir.

Jumladan institutimizda ham ushbu bayramni nishonlash uchun institut talabalari, xodimlar va professor o’qituvchilar atrof muhitni asrashga doir kichik tadbirlar uyishtirdilar