Institutda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar mavsumi davom etmoqda. Hafta boshida Akusherik va ginekologiya sohasida nufuzli ilmiy tadbir o‘tkazilgan bo‘lsa, kecha «Современные аспекты инноваций в радиологии. Настоящее и будущее» (“Radiologiyada zamonaviy innovatsiyalarning o‘rni. Bugun va kelajak”) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda mahalliy olimlarimiz bilan birga Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlardan hamda mamlakatimizdan radiologlar jamiyatlari vakillari, respublikamiz hamda qator xorijiy davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlar olimlari hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi. Kirish so‘zi bilan chiqish qilgan institut rektori Shuxrat Teshayev o‘z nutqida,
Tadbir doirasida xotin-qizlar uchun “Huquqiy maslahat burchaklari”, bepul tibbiy ko‘riklar hamda xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi, kitob va konditer mahsulotlari savdo yarmarkalari hamda konsert dasturi tashkil etildi. Konsert dasturi mehmoni — qiziqchi Nodirbek Hayitov va estrada xonandalari tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Madaniy tadbirda Buxoro davlat tibbiyot institutining xotin-qizlardan iborat ixtirochi olimalari, faol talaba qizlari o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etishdi.
Joriy yilning 25-27 aprel kunlari Toshkent shahrida Kimyo xalqaro universitetida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan xalqaro Erasmus+ dasturi 101082221-UzMedEn “O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish” loyihasining dastlabki uchrashuv seminari bo’lib o’tdi. Unda Buxoro davlat tibbiyot institudan Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor L.Niyazov, Fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi dotsenti K.Abdullayeva, Tibbiy kimyo kafedrasi assistenti U.Gapurov hamda Biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti Z. Narzullayeva qatnashishdi. Ushbu loyiha 2023-2025 yillarga moliyalashtirishga tavsiya etilgan bo’lib
Ayni kunlarda taʼlim muassasalarida talaba-yoshlar ishtirokida “Referendum va yoshlar” forumlari tashkil etilmoqda. Gala-konsert ko‘rinishida o‘tayotgan bunday forumlarda mamlakatimizdagi muhim siyosiy voqelik – referendumning ahamiyati, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati yoshlarga batafsil tushuntirilmoqda. Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida o’tkazilgan tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Sherzod Rahmonov va xalq deputati viloyat kengashi deputatlari, siyosiy partialar vakillari ishtirok etishdi.
Ma’lumki mamlakatimizda oxirgi yillarda “yashil energiyani” joriy etish ko’lamini oshirish bo’yicha keng miqyosadigi sihlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Buxoro davlat tibbiyot instituti ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil sentabr oyida BMTning Barqaror rivojlanish sammitida qabul qilingan 70-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMTning Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlariga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Jumladan, “7. Arzon va toza energiya” maqsadi bo’yicha institutining yangi kampusida 2022 yil avgust oyida muqobil quyosh energiyasini ishlab chiqaruvchi 100 kVtli
Xalqimizda azaldan koʼchat ekib, bogʼ yaratgan insonlar ulugʼlangan. Har bir kishi bir tup koʼchat oʼtqazsa, undan nafaqat insonlar, balki hayvonlar va qushlar ham manfaat koʼradi. Muborak hadisda aytilishicha, ekilgan har bir daraxtning aytayotgan tasbehi, oʼsha daraxtni ekkan kishining nomai aʼmoliga yoziladi hamda uning mevasidan boshqalar yesa yoki soyasida oʼtirsa, ekkan kishining amal daftariga sadaqa savobi yozib qoʼyiladi. Inson oʼz uyiga qanday eʼtibor bersa, atrofga ham shunday munosabatda boʼlishi shart. Chunki butun Yer yuzi insonlar uchun maskandir. Ushbu savobli ishda har bir





