Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida 18-aprel kuni Xalqaro yodgorliklar va diqqatga sazovor maskanlar kuni nishonlanadi. Bu bayram joriy yilda 40-marta nishonlanmoqda. 1982-yilda ushbu kunni o‘tkazish g‘oyasi Yodgorliklar va diqqatga sazovor maskanlar masalalari bo‘yicha xalqaro kengash (ICOMOS) tomonidan ilgari surilgan.Bir yil o‘tgach, ushbu taklif YUNESKO tomonidan ma’qullangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, polietilen yoki plastik paketlar tabiiy sharoitda 100 yildan 200 yilgacha chirimas ekan. Tinch okeanidagi suv hayvonlarining 35 foizining oshqozonida plastmassa mikrozarrachalari borligi aniqlangan. Suv va tuproqning plastik chiqindilar bilan ifloslanishi bugungi kunda jahonda dolzarb muammoga aylangan. Odamlar e’tiborini ushbu muammoga qaratish maqsadida har yili 3 iyul kuni Xalqaro plastik paketlardan voz kechish kuni sifatida nishonlanadi.
Har yili 5 iyun sanasida nishonlanadigan Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni butun jahon hamjamiyatining e’tiborini ekologik muammolarga qaratishga xizmat qiladi. Ushbu sana 1972-yil 5-iyunda Stokgolmda o‘tkazilgan Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha konferensiya rezolyutsiyasiga asosan qabul qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili atrof-muhitning ifloslanishi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar sababli dunyoda kamida 5,5 million kishi vafot etadi.
👩⚕️Ushbu ezgu tashabbus doirasida doktor Nikki Hafezi, doktor Sevara Tashmatova, tibbiyot fanlari nomzodi Nargiza Karimova hamda dotsent Yoqub Eronov tomonidan bolalarning sog‘lig‘i chuqur tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda va zaruriy tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Mazkur tashrif bolalarning salomatligini tiklash va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
👩⚕️2024-yil 27–29-may kunlari Buxoro viloyatidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida yirik tibbiy tadbir tashkil etildi. Ushbu ko‘rik davomida 180 ga yaqin Daun sindromiga chalingan, shuningdek, 300 dan ortiq boshqa nogironligi bo‘lgan bolalar malakali mutaxassislar ishtirokida batafsil tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. 📌Loyihaning amalga oshirilishi Buxoro viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamda amerikalik xayriyachi va tadbirkor Nikki Leyla Hafezi xonim o‘rtasidagi hamkorlik asosida yuzaga keldi. Bu tashabbus 2024-yil fevral oyida o‘tkazilgan rasmiy uchrashuvda kelishilgan edi. 🟢Fevral
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti farmakologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida dorivor o‘simliklar haqida televideniyeda 20 martadan ortiq chiqishlar amalga oshirishdi.





