Yangiliklar

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida “Yoshlar oyligi” boshlandi.

Yurtimizda 3-iyundan yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga faol jalb qilish maqsadida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida “Yoshlar oyligi” boshlandi. Shu munosabat bilan Buxoroda ham turli madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Bugun, 8-iyun kuni Buxoro shahrida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Favvoralar maydonida tashkil qilingan yoshlar sayli viloyatimizda ushbu yo‘nalishda o‘tkaziladigan tadbirlarning

Bugun ko’p millat va elatli xalqimiz deyarli har bir kunni bayram saifatida nishonlaydi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Xalqaro fakulteti qardosh turkman, qozoq, qoraqalpoq millatiga mansub talabalar bilan birga uzoq Yevropa va Janubiy Osiyolik talabalar ham tahsil olmoqda. Hindiston, Pokiston, Iordaniya, Rossiya hattoki AQSHdan ham talabalar institutda tahsil olishmoqda. Bugun Xalqaro tibbiyot fakulteti talabalari ishtirokida «Xalqaro do’stlik» tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari prorektori Zubayda Bahranova o’quv yili davomidagi turli tadbirlarda faol bo’lgan talaba yoshl;arni institut tashakkurnomasi bilan taqdirladi.

Rektor yoshlar muammolarini muntazam o‘rganib borilmoqda

Avval xabar berilganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar masalalarini o‘rganishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida barcha bo‘g‘indagi rahbarlarga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha qator topshiriqlar berilgan edi. Shunga muvofiq Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektoriga ham viloyatdan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan va boshqa turdagi yoshlardan 38 nafari bririktirilgan edi. Mazkur topshiriq yuzasidan institut rektori Sh.Teshayev, prorektor Z.Baxranova hamda professor-o‘qituvchilarijrosi ustida ish olib borishmoqda. Ya’ni, ularga biriktirilgan muammoli yoshlarning masalalari o‘rganilib, ularga aniq yechimlar topilmoqda. Bugun 20 may

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shofirkonlik mehrga muhtoj yoshlar holidan xabar oldi

O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish»ga bag‘ishlangan ustuvor yo‘nalishida yoshlar muammolariga alohida e’tibor qaratilayotgani, uyushmagan yoshlar soni yildan yilga tobora ortib borayotgani amaldagi mavjud qonunchilik va uni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish orqali yoshlar masalalariga oid qonunchilik normalarini takomillashtirishni, xususan O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunida «uyushmagan yoshlar» tushunchasiga ta’rif berish hamda uyushmagan yoshlarni ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini shakllantirish lozimligini taqozo etmoqda. Prezidentimizning Yoshlarga oid siyosati ham aynan mana shunday omillarni o’z ichiga

Tibbiy ko’rik

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti o’ziga biriktirilgan mahallalarda muntazam yoshlar qabuli, tibbiy ko’rik kabi tadbirlar o’tkazib kelmoqda. Kuni kecha institutning Davolash fakulteti talabalari va rahbariyati Buxoro shahridagi boquvchisini yo’qotgan va ehtiyojmand insonlar holidan xabar olishdi.Sog’lig’i bilan bog’liq muammolari bor insonlarga tibbiy ko’rik va davolanish uchun mutaxassislar tashkillashtirib berilishini ma’lum qilishdi.

Garvard universiteti bilan hamkorlikda yurtimizda Tibbiy genetika markazi ochiladi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiyaning AQShga xizmat safari davom etmoqda. Vakillarimiz dastlabki muloqotni dunyoning eng nufuzli va qadimiy oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblangan Garvard universiteti rahbariyati bilan o‘tkazdi. Aytish joizki, Massachusets shtatida joylashgan mazkur muassasaga 1636 yilda asos solingan. Bu yerda 21 ming nafardan ziyod talaba tahsil oladi. Xususan, universitetning Boston shahridagi Garvard tibbiyot maktabida sog‘liqni saqlash sohasining deyarli barcha yo‘nalishlari uchun mutaxassislar tayyorlanadi. Ushbu muassasa bitiruvchilari orasidan 75 nafar Nobel mukofoti sovrindori, AQShning 8 nafar prezidenti chiqqan. Uchrashuvda mazkur

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X