3 iyul – Xalqaro plastik paketlardan voz kechish kuni

Ma’lumotlarga ko‘ra, polietilen yoki plastik paketlar tabiiy sharoitda 100 yildan 200 yilgacha chirimas ekan. Tinch okeanidagi suv hayvonlarining 35 foizining oshqozonida plastmassa mikrozarrachalari borligi aniqlangan.

Suv va tuproqning plastik chiqindilar bilan ifloslanishi bugungi kunda jahonda dolzarb muammoga aylangan. Odamlar e’tiborini ushbu muammoga qaratish maqsadida har yili 3 iyul kuni Xalqaro plastik paketlardan voz kechish kuni sifatida nishonlanadi.

Hozirda saytimiz test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalarda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

X