Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti xodimlari va faollari bugun “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida tashkil etilgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishmoqda. Hashar davomida institut hududi va uning atrofidagi ko‘chalar obodonlashtirilib, ko‘kalamlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hashar ishtirokchilari birgalikda ko‘chalarni toza, obod va yashil hududga aylantirish uchun jonbozlik ko‘rsatishdi. Chiqindilardan tozalash ishlari ham muvaffaqiyatli olib borildi, bu esa nafaqat atrof-muhitni yaxshilash, balki jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga xizmat qildi.
