Hamma joyda qashshoqlikka barham berish

O’zbekistonda mehnat bozori siyosati va mehnatga haq to’lash siyosatini takomillashtirishsiz bugungi kunda kambag’allik muammosini samarali hal etib bo’lmaydi. Aholiga manzilli ijtimoiy yordam dasturlarini ishlab chiqish zarurligini e’tirof etgan holda shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi sharoitda ushbu dasturlar ko’p jihatdan mehnatga layoqatli aholining aksariyat qismidagi yuqori darajadagi kambag’allikni qisqartirishga qaratilgan. Agar davlat tomonidan belgilangan siyosati aholi bandligini oshirishga, yangi ish o’rinlarini yaratishga va mavjudlarini saqlab qolishning tashkiliy-moliyaviy asoslarini shakllantirishga qaratilgan bo’lsa, kambag’allik darajasini real pasaytirishga erishiladi. O’zbekistonda kambag’allik uzoq yillardan beri “yopiq mavzu” bo’lib kelgan. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida bu borada ochiq to’xtalib, mamlakat tarixida birinchi marta kambag’allikni kamaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 18-fevraldagi farmoni va qaroriga muvofiq, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo’llab-quvvatlash, aholini tadbirkorlik faoliyatiga samarali jalb etish maqsadida Mahalla va oilalarni qo’llabquvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mahalla, tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosida tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha mas’ul lavozimlar joriy etilib, vertikal tizim yaratildi. Prezidentimizning izchil siyosati samarasida hukumat tarkibida Bosh vazirning moliya, iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha o’rinbosari lavozimi joriy etildi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi tashkil etilishi bilan bir qatorda. hukumatda maxsus ishchi guruhlar tashkil etildi. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 27-fevral kuni tadbirkorlik orqali kambag’allikni kamaytirish chora-tadbirlariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi o’tkazildi. “Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, 12-15 % yoki 4- 5 million kishi kambag’al. Demak, ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so’mdan oshmaydi. Yoki oilada mashina ham, uy hayvoni ham bo’lishi mumkin, lekin agar odam og’ir kasal bo’lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolashga ketadi. Bunday oilani o’zini-o’zi ta’minlaydigan oila deb atash mumkinmi? “Prezident sifatida meni xalqimiz hayotida nimalar bo’lyapti, oziq-ovqat, davolanish, ta’lim-tarbiya, farzandlari uchun kiyim-kechak kabi savollar har kuni qiynayapti. Yig’ilishda davlat rahbari yana qo’shimcha qildi: “Kambag’allikning qisqarishi oylik yoki pensiya nafaqalari, ommaviy kreditlar ko’payishini anglatmaydi. Buning uchun, birinchi navbatda, kasb-hunarga o’rgatish, moliyaviy savodxonlik, tadbirkorlik, infratuzilma, bolalarga ta’lim-tarbiya berish, sifatli davolash, manzilli imtiyozlar berishni yo’lga qo’yish zarur, – dedi Prezidentimiz. Ayni paytda O’zbekistonda 1,4 millionga yaqin rasman ishsiz ayollar va yoshlar bor. Ishsizlik darajasi ayollar o’rtasida 13 %, yoshlar o’rtasida 15 % ni tashkil etadi. Ayniqsa, Farg’ona, Samarqand, Andijon, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida bu ko’rsatkich yuqoridir. Shu bilan birga, qurilishda 104 ming, kommunal sohada 71 ming, xizmat ko’rsatish sohasida 68 ming, yengil sanoatda 46 ming mutaxassisga bo’lgan ehtiyojni inobatga olgan holda ushbu sohalarda chora-tadbirlar ishlab chiqish, ishsiz aholilarni mutaxassislikka tayyorlash zarur. O’zbekistonda qashshoqlikni sezilarli darajada kamaytirishning asosiy yo’nalishi Prezident Sh. Mirziyoyev: «Xalqimizga baliq emas, ilgak berishimiz kerak». ya’ni mehnat bozorida ijtimoiy ta’minot siyosatidan himoyalanmagan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari manfaatlarini ko’zlab, ularni kasbga o’rgatish, tadbirkorlikka o’rgatish va ish boshlashiga ko’maklashish orqali yangi ish o’rinlari tashkil etishni amalga oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. 2023-yil iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1,3 million kam ta’minlangan oila bor, qashshoqlik darajasi 14,1 foizni tashkil etadi. Bu haqda Bandlik va qashshoqlikni qisqartirish vazirligi hisobotida aytiladi.
Qashshoqlik darajasi eng yuqori bo‘lgan viloyat Qoraqalpog‘iston (19,7%), Sirdaryo (19,5%) va Xorazm (19,1%) viloyatlari.
Qashshoqlikning eng past darajasi Toshkent shahrida (8,5 foiz) va Navoiy viloyatida (9,2 foiz) qayd etilgan.
Departamentning taʼkidlashicha, yil oxirigacha mamlakatda qashshoqlik darajasi 12 foizgacha kamayadi.

2023-yil iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1,3 million kam ta’minlangan oila bor, qashshoqlik darajasi 14,1 foizni tashkil etadi. Bu haqda Bandlik va qashshoqlikni qisqartirish vazirligi hisobotida aytiladi.
Qashshoqlik darajasi eng yuqori bo‘lgan viloyat Qoraqalpog‘iston (19,7%), Sirdaryo (19,5%) va Xorazm (19,1%) viloyatlari.
Qashshoqlikning eng past darajasi Toshkent shahrida (8,5 foiz) va Navoiy viloyatida (9,2 foiz) qayd etilgan.
Departamentning taʼkidlashicha, yil oxirigacha mamlakatda qashshoqlik darajasi 12 foizgacha kamayadi.

BuxDTI da ishsizlikni qisqartirishga doir turli xildagi chora tadbirlar o’tkaziladi. Joriy yilning 15 aprel kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida “Karyera kuni” mehnat yarmakasi tashkil etildi.  Buxoro davlat tibbiyot institutida an’anaviy tarzda o`tkazib kelinayotgan “Karyera kuni” bo`sh ish o`rinlari yarmarkasi mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash va yoshlar o`rtasida bandlikni oshirishda muhim o`rin tutmoqda.

Unda talabalar hamda bitiruvchilari o`zlariga mos ish o`rni topish, korxona va tashkilotlar esa o`zlariga munosib kadrni saralash imkoniga ega bo`lishmoqda.  Ishtirokchilar sonining oshishi bilan mehnat yarmarkasining ko`lami ham kengayib bormoqda. Bugun o`tkazilgan “Karyera kuni” ham fikrimizning yaqqol isbotidir.Bitiruvchi talabalarning bandligi ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkada asosiy buyurtmachi tashkilotlari  ya’ni Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli viloyat ko‘p  tarmoqli tibbiyot markazi, qon quyish stansiyasi, viloyat Perinatal markazi, viloyat ona va bola skring markazi, viloyat onkologiya dispanseri, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali, Buxoro viloyat sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi kabi tibbiyot muassasalari ishtirok etishdi.  Mehnat yarmarkasida birqancha talaba yoshlar ish beruchilar bilan mehnat shartnomasi imzolab, o’z ishlariga ega bo’lishdi.