Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 11-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berilib, mamlakatimizda 25 oktabrdan 1-dekabrgacha 85 million ko‘chat ekish rejalashtirilgan.
Umummilliy harakatga aylangan ushbu xayirli tadbirlarda Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari ham faol qatnashib, o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Bu yil ham, o‘tgan yildan farqli o‘laroq yanada kattaroq ulush qo‘shish maqsadida institut jamoasi kengroq hajmda daraxt va buta ko‘chatlari ekish mo‘ljallandi.
Xususan, bugun rektor Shuxrat Teshayev boshchiligida institut xodimlari ishtirokida oliygoh maydonlarida keng qamrovli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, hududda bir necha mevali va manzarali daraxtlar hamda buta ko‘chatlari ekildi.
Ta’kidlash kerakki, bunday tadbirlarda aholining, qolaversa yoshlarning ekologik madaniyati yanada oshib, ularda atrof-muhitga bo‘lgan ehtiyotkorona va do‘stona munosabat ruhi yanada mustahkamlanadi.
O‘z navbatida, mazkur xayrli ishlar o‘laroq uyimizni asrab, obod qilish, yaqinlarimizning toza va musaffo muhitda yashashi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.